“Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati maʼlum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7-bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinmoqda.

Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz taʼminotida barqarorligini taʼminlashdan iborat.

Hurmatli isteʼmolchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz koʻtarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSH tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga oʻtishini maʼlum qilamiz.