Loyiha doirasida kunga 1,5 ming tonna chiqindilarni termik usulda qayta ishlab, 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasi belgilangan.

Xitoy Xalq Respublikasining “China Everbright International Ltd” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati qariyb 150 million dollarni tashkil etadi.

Korxona yilga 547 ming tonna (kunga 1,5 ming tonna) maishiy chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz termik usulda qayta ishlab, 227,5 million kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Loyihaning amalga oshishi chiqindilarning poligonlarda yig‘ilishini sezilarli darajada kamaytiradi, ekologik holatni yaxshilaydi va energetika sohasida barqarorlikni ta’minlaydi. Shuningdek, korxonada 400 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi va mahalliy mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar asosida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tantanali marosimda nuroniylar ishtirokida duolar qilindi va yangi korxonaga tamal toshi qo‘yildi.