“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Fargʻona viloyat Bogʻdod tumanida fuqaro S.T. ga qarashli choyxona shartnoma rasmiylashtirmasdan oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulangani aniqladi.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 237 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.