Fargʻonada “Damas” kanaliga tushib ketdi

    Shu yilning 19-oktyabr kuni Fargʻona viloyati, Toshloq tumani “Naymanboʻston” MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan “Damas” rusumli transport vositasi ehtiyotsizlik oqibatida Fargʻona kanaliga tushib ketganligi haqida FVBga xabar tushdi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olingan.

    Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi boʻlgan. Haydovchi va uning ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.