Fargʻona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor elektr energiyasi uchun toʻlov ikki baravar oshirib yuborilganidan norozi boʻlib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Vakil devoni aralashuvi bilan “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan holat oʻrganildi. Natijada, jamiyatning elektr energiyasi sarfini hisoblashda xatolikka yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.
Hisob-kitob koeffitsiyenti 2000 boʻlishi kerak boʻlgan joyda 4000 qoʻllanilgan, bu esa toʻlovning oshishiga olib kelgan.
Ushbu holat yuzasidan “Fargʻona HETK” AJ tomonidan qayta hisob-kitob amalga oshirilib, ortiqcha hisoblangan 1,1 mlrd soʻm tadbirkor foydasiga hal etildi.