Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilshicha, 2026-yil 19-yanvar kuni soat 21:00 larda Fargʻona tumani “Yordon” MFY hududida joylashgan, togʻ orasidagi transport vositalari harakatlanishiga moʻljallanmagan kichik dara yoʻlda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, 1981-yilda tugʻilgan haydovchi A.A. “Kaptiva” rusumli avtomobilni oʻzboshimchalik bilan boshqarib ketayotgan vaqtda yoʻlning qor bilan qoplangani va sirpanchiqligi sababli boshqaruvni yoʻqotib, avtomashina agʻdarilib ketgan.
Oqibatda haydovchi A.A. “bosh miyaning yopiq shikasti, koma holati” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u vafot etgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.