Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 2 947 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 7 851 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 8 196 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha viloyatda jami 2 010 745 doza vaksinadan foydalanildi.
Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:
Oltiariq tumani 151 943 doza,
Oʻzbekiston tumani 151 779 doza,
Quva tumani 137 335 doza,
Fargʻona shahri 136 616 doza,
Beshariq tumani 133 785 dozani tashkil qildi.
Shuningdek, 13-sentyabr kuni AQSH hukumati tomonidan COVAX global vositasi orqali begʻaraz koʻmak sifatida Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi 1,2 mln. dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi. Viloyatga aholini 1- va 2-bosqichlarda emlash uchun 135 720 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi ajratildi. Shundan aholini birinchi bosqichda emlash uchun 67 860 doza viloyat omboriga olib kelindi. Vaksina 17-sentyabrdan tarqatilishi rejalashtirilgan.
Xabaringiz bor, yurtimizda jami 21 455 214 nafar fuqaro emlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, Fargʻona viloyatida 2 418 520 nafar fuqaro koronavirusga qarshi emlanishi rejalashtirilgan. Shundan bir marta boʻlsa ham vaksina olgan aholi hududdagi jami emlanuvchilarning 39,8 foizini tashkil qilmoqda.
Rasuljon KAMOLOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri