Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda B.I. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro B.R.ga Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, unga qalbaki hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 9 300 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv davomida B.I. tomonidan 500 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.