Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Rishton shahrida joylashgan “RISHTON PARVOZ TRANS” MChJ “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda faoliyat yuritgani aniqlangan.

Shunga ko‘ra, korxonaga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarima qo‘llanilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziyasiz faoliyat yuritgan yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari — 82,4 million so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarni “Umra” ziyoratini amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘lishga, turli noxush holatlarga duch kelmaslik uchun faqat ishonchli va qonuniy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xizmatidan foydalanishga chaqirdi.