Yakunlangan yilda qiz bolalarga nisbatan oʻgʻil bolalarning koʻp dunyoga kelishi kuzatilgan. Yaʼni oʻgʻil bolalar 48 ming 858tani, qiz bola chaqaloqlar esa 45 ming 531tani tashkil etgan, deb xabar beradi DXA viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabarda 2020-yilda tugʻilgan chaqaloqlarga qaysi ismlar eng koʻp qoʻyilgani haqida ham maʼlumot berilgan. Maʼlum boʻlishicha, qizlarga Muslima, Soliha, Imona va Shukrona ismlari koʻp qoʻyilgan. Oʻgʻil bolalarga eng koʻp qoʻyilgan ismlar “reytingi”ning eng yuqori pogʻonasini Muhammad ismi egallagan. Keyingi oʻrinlarni Mustafo, Abdulloh va Imronbek ismlari “band” qilgan.
Eʼtiborli jihati shundaki, viloyatda tugʻilishga nisbatan oʻlim holatlari 4 barobarga kam, yaʼni yil davomida Fargʻonada 22 ming 124 ta oʻlim holatlari roʻyxatga olingan. Demak, xulosa oddiy – viloyat aholisi tez suratlarda oʻsib borayotgani kuzatilmoqda.