Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 30 aprel kuni Beshariq tumani Tibbiyot texnikumi o‘qituvchilari G.X. hamda T.T. lar o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjallashib, janjal davomida T.T. G.X.ning bosh va ko‘krak soxalariga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat shu kunning ozida tuman IIB tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan. Fuqaro G.X. ning olgan tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash uchun Sud-tibbiy ekspetizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.