Soʻnggi vaqtlarda Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun uzun navbatlar mavjud. Chunki 2022-yil 31-martda “prava” almashtirishning birinchi bosqichi muddati tugaydi.
Shuni eʼtiborga olgan holda, Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon, Margʻilon hamda Fargʻona shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari “prava” almashtiruvchilar uchun “mijoz ishi bitguncha” rejimida ishlaydi.
Bunda, yuqorida qayd etilgan DXM lar orqali dushanba-shanba kunlari ertalab soat 9:00 dan kechga qadar xizmatdan foydalanish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga, balki bevosita vakolatli idora IIBB YHXB boʻlimlariga ham murojaat qilish mumkin.
Davlat xizmatlari agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi axborot xizmati.