Korxonaning ustav kapitali 480 000 000 soʻm boʻlib, uning asosiy faoliyati gilam va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Hozirda korxona oʻz oldiga 50 dan ortiq yoshlarni ish bilan taʼminlashni maqsad qoʻygan.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, shu kunga qadar Fargʻona viloyatida 78 ta xorij korxonalari hamda 209 dona xorijiy qoʻshma korxonalar rasman roʻyxatdan oʻtgan. 12 ming 249 ta tadbirkorlik subyektlari rasman tan olingan, shundan 8 ming 97 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri keladi. Eʼtiborli jihati shundaki, pandemiya davridan buyon shu kunga qadar 4 ming 396 ta tadbirkorlik faoliyati qayta tiklangan, deb xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.