Ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022-yillar mobaynida raislik qilish Oʻzbekistonga oʻtishi toʻgʻrisidagi qaror Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Dushanbedagi sammitida qabul qilingan.

Oʻshanda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning SHHTdagi raisligi doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni bayon qilgan edi.

Oʻzbekiston raisligi davrida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlarimiz bilan birga 80 dan ortiq tadbir oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Fargʻonada boʻlib oʻtadigan yigʻilishda ishtirok etadigan nufuzli mehmonlar, Qoʻqon va Margʻilon shahrida, Rishton va Uchkoʻprik tumanlarida ham boʻlib, viloyatning diqqatga sazovor joylari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan ham tanishadilar.