Ochilish marosimida viloyat sektorlari rahbarlari, soha mutaxassislari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, shu yilning uchinchi choragida Fargʻona viloyat boʻlimiga murakkablik darajasi yuqori boʻlgan 1 mingdan ortiq ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar kelib tushgan. Turli sohalar boʻyicha 1400 dan ortiq savollar koʻrib chiqilgan, 1 mingdan ortiq holatlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ekspertiza tadbirlari tayinlanib, jarayonda 4900 tadan ortiq obyektlar oʻrganilgan, 7780 ta tadqiqotlar oʻtkazilgan.
Haqiqiy holatni dalillar bilan aniqlash uchun bugungi kunda Fargʻona viloyat hududiy boʻlimida barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Bu yerni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida zamonaviy uskuna va jihozlar, jumladan, DNK ekspertiza laboratoriyasiga qariyb 600 ming dollar miqdorida jihozlar xarid qilindi.
Ramziy lenta qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.