Korxona ehtiyoji hamda davlat dasturlari ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mahsulotlarning mahalliylashtirilishiga atiga uy oy kifoya qildi. Qisqa muddat ichida jamiyatning oʻz mablagʻi va tajribali mutaxassislarining tezkor saʼyi harakatlari bilan yangi ishlab chiqarish sexlari foydalanishga topshirildi.



Mazkur loyihalar asosidagi temir-beton tayanchlar tayyorlash sexining kengaytirilishi, metall qurilmalar va SIP armaturalari ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilgani yillar davomidagi muammolarga chek qoʻydi.

- Faqat Toshkent shahrida ishlab chiqariladigan SIP armaturalariga ehtiyoj va buyurtma koʻp boʻlganligi sababli rejadagi vazifalarni bajarishda uzilishlar paydo boʻlayotgan edi. Qiymati 1,6 mld soʻm boʻlgan yangi innovatsion loyihaning ishlab chiqarishga joriy etilgani SIP simlarini temir-beton tayanchlarga mahkamlash uchun zarur boʻladigan turli hildagi armaturalar boʻlgan talabimizni toʻliq qoplashi bilan birga, jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltirmoqda, shuningdek, 20 dan ortiq ishchi oʻrinlarini yaratildi,-deydi korxonaning iqtisod va istiqbollash boʻlimi boshligʻi Ikromjon Madumarov.
Yangi ishlab chiqarish sexlarining taqdimot marosimida viloyat hokimi oʻrinbosari D.Hojiahmedov ishtirok etdi.

Jamiyat rahbari D.Jalilov istiqbolli loyihalarning yaqin kelajakdagi samarasi, eksport salohiyati hamda rejalashtirilayotgan polimer izolyatorlar va metall anker tayanchlari ishlab chiqarish loyihalari haqida gapirib berdi. Bu mahsulotlarning ham mahalliylashtirilishi korxonaga yillik jami 20 milliardga yaqin foyda keltiradi. Yosh mutaxassislarni ish bilan taʼminlash imkonini beradi.