Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Fargʻona tumanidagi oʻrganishlari davomida Yuqori Archa MFY hududida tashkil etilgan “Chimyon shabbodasi” turizm va eko dam olish maskanini koʻzdan kechirdi.

“Karimhoji ota bogʻlari” fermer xoʻjaligi tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 26,7 mlrd. soʻmdan ziyod boʻlgan, 12 ta maskandan iborat turizm majmuasi loyihasining bir qismi boʻlgan “Chimyon shabbodasi”ni tashkil etishga 2,5 mlrd. soʻm tadbirkorning oʻz mablagʻlari yoʻnaltirilgan.

2023-yilda yakunlanadigan majmuaning toʻla ishga tushishi natijasida xizmat koʻrsatish sohasida 230 dan ziyod yangi doimiy ish oʻrinlari tashkil etiladi.