Fargʻonada YPX xodimi “Spark” oynasini urib sindirdi

    Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

    Maʼlum qilinishicha, 14-aprelʼ kuni Uchkoʻprik tumani Bekobod qishlogʻida davlat raqam belgisiz, yon oynalari tusi oʻzgartirilgan Spark harakatlanib borayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shundan soʻng inspektor A.A. avtomobilni toʻxtatish choralarini koʻrgan.

    Lekin haydovchi J.J xodimning toʻxtash va avtomashinadan tushish haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmagan. Ushbu vaziyatda inspektor buyruq talablariga asosan kuch ishlatib, avtomobilʼ oynasini sindirib, haydovchini toʻxtatib qolgan.

    Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobilʼ jarima maydoniga joylashtirilgan.