Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida YPX xodimlari 123-marta qidiruvga berilgan Captiva avtomobilini toʻxtatilib tekshirilganda haydovchining 129 ta qoidabuzarlik sodir etgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, haydovchining 54 million soʻmlik toʻlanmagan jarimalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, Captiva avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan 123 marotaba qidiruvga berilgan.
Ayni damda avtomobil jarima maydonchasiga olib ketilgan.