Fargʻona viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Hududda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, “Fargʻonaavtotrans xizmat” MCHJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qoʻshimcha 24 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.
Mazkur avtobuslar tez orada Fargʻona shahri avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.