Maʼlum boʻlishicha, Buvayda tumanida ayol rashk tufayli, oʻch olish maqsadida oldindan rejalashtirib, oʻzining turmush oʻrtogʻi bilan sharʼiy nikoh asosida yashab kelayotgan M.J.ning 2012-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni aldab, Maslahat qishlogʻi hududidan oʻtgan “Oyimtarra” kanali yaqiniga olib kelib, uni qasddan oʻldirish niyatida nomaʼlum jism bilan bosh sohasiga urib, kanalga tashlab yuboradi.

Mudhish voqea shohidi boʻlgan maktab oʻquvchisi qizni hayotini saqlab qoladi.

Ayni damda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jasoratli oʻquvchi Shuhratjon Yangiyevning mardona harakatlari munosib ragʻbatlantirish maqsadida Fargʻona viloyat prokurori va viloyat IIB boshligʻining buyrugʻi bilan tashakkurnoma eʼlon qilinib, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fargʻona viloyati XTB Axborot xizmati