Fargʻonalik bir guruh nuroniy otaxonlar velosipedda Surxondaryo viloyatiga yoʻl oldi

    Nuroniylar Termiz shahrigacha boʻlgan qariyb ming kilometrlik masofani bosib oʻtadi.

    Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida velomarafonga start berish tadbiri boʻlib oʻtdi.

    Unda soʻzga chiqqanlar sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilayotgan nuroniy otaxonlar yoshlarga ibrat boʻlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, xayrli ishlar bardavom boʻlishini tiladilar.

    Shundan soʻng nuroniylar Termiz shahrigacha boʻlgan qariyb ming kilometrlik masofani bosib oʻtish uchun tantanali kuzatib qoʻyildi.