Xalqaro anjuman bosh tashkilotchisi Argentinaning “Voces del viento” xalqaro adabiy jurnali hisoblanib, seminarda aynan shu jurnalda yillar davomida ijodiy ishlari chop etilgan mahalliy va xorijiy yozuvchi-shoirlar ishtirok etadi. Kongress 2021-yilning 29-martidan 4-apreligacha davom etadi va unda oʻttizdan ortiq davlatdan 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi. Har bir ishtirokchi asarlaridan parcha oʻqib beradi, shuningdek, xorijiy ishtirokchilar oʻz davlatlaridagi ayni adabiy jarayon haqida ham fikr-mulohazalarini bildiradi.
Anjumanda Fargʻona viloyati, Margʻilon shahrida tugʻilgan, “Marvarid oʻlkam” respublika tanlovi gʻolibi, yosh nosir Sherzod Ortiqov ham ishtirok etadi.