O‘rganish davomida tuman hokimi, 1-sektor rahbari F.Umarov hududdagi mavjud tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalaridagi Qonun talablariga mos kelmaydigan reklama, bannerlarni zudlik bilan tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, joriy yilning 1-sentabriga qadar barcha mahallalar, ko‘chalar hamda savdo markazlaridagi peshlavhalar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ta’minlanishi belgilab olindi.
O‘rganishlar davom etmoqda...






Yusuf NASULLAYEV
Vobkent tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish,
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi