Mazkur film haqida ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻp bahs-munozaralar boʻlgan edi. Kimdir filmni mukofotga munosib desa, kimdir nomunosib deya baholadi. Vaqtning oʻzi filmning qanday mukofotga loyiq ekanini koʻrsatdi.
“Oʻzbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi (rej. Yolqin Toʻychiyev) VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival)da “The snow leopard award” mukofotiga sazovor boʻldi.
2014-yildan buyon Los-Andjelesda oʻtkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi.
Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.