Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi

    Salomatlik 14 Aprel 2022 1831

    Kuni kecha Buxoroda «Skanjubin» dorivor kompleksi ishlab chiqish va «Inson salomatligi uchun muhim biologik faol qoʻshimcha va isteʼmol qilinadigan qoʻziqorin turlarini yetishtirish texnologiyasini tatbiq etish» loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

    Taqdimot Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov hududda faoliyat koʻrsatayotgan farmatsevtika sanoati korxonalari, tadbirkorlik subyektlari, yangi loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuvi doirasida amalga oshirildi.

    Tadbirda shuningdek, Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi Azamat Naimov ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi va istiqbolli loyihalar taqdimotini tashkillashtirdi.

    Yuqorida nomi keltirilgan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligida boʻlib oʻtgan Bahorgi tijoratlashtirish forumida tasdiqlanib, mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.