Loyihaga koʻra, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi.

Uning faoliyatini muvofiqlashtirish Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, oliygohda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, farmatsevtika, biotexnologiya, tibbiyot, kosmetologiya, menejment, biznes boshqarish va boshqa tarmoqlarda xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash koʻzda tutilgan.

Taʼkidlanishicha, 2022-2023 oʻquv yilida talabalarni oʻqishga qabul qilish va oʻquv jarayonini boshlash uchun Universitet Klaster hududidagi yangi qurilayotgan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti binosida vaqtincha joylashadi.