Shu maqsadda Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov viloyatdagi bir qator mas'ul tashkilotlar rahbarlari, jumladan, tadbirkorlar bilan uchrashdi.
“Saksonov” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Abdukarim Saksanov bilan uchrashuvda Prezidentimizning 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, hududda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, aholining iste'mol madaniyatini yanada yuksaltirish borasida qilinishi zarur bo'lgan rejalar hususida fikr almashildi.
SHuningdek, Prezidentimizning 2021-yil 4-martdagi “2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni hamda ushbu farmon asosida tasdiqlangan “Yo'l xaritasida” belgilanganidek “davlat+fuqarolik jamiyati institutlari+tadbirkorlik sub'ektlari” tamoyili asosida Federatsiya tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida viloyatning Navbahor tumanida “Iste'molchilar uyi” ma'muriy kompleksini qurish borasidagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.
Tadbirkor Federatsiya tashabbusini qo'llab-quvvatlab, fuqarolarning muammolarini tizimli o'rganish va ularni aniq hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatish, fuqarolarning iste'molchilik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.