Farxod Arziyev Prezident saylovini kuzatish missiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Saylov 15 Sentabr 2021 462

    2021-yil 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha Byurosining (YXHT DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Myorfi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Ma'lum qilinishicham unda O‘zbekiston va DIIHB o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Shuningdek, DIIHBning tavsiyalarini tatbiq qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini takomillashtirish doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik ta’kidlandgan.

    Tomonlar, eng avvalo, inson huquqlari, so‘z, din va e’tiqod erkinligi, gender tengligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning huquqiy bazasini ilg‘or xalqaro amaliyot asosida mustahkamlash borasida uzoq muddatli va samarali sheriklikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.

    Bundan tashqari, xorijda bo‘lib turgan O'zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, shu jumladan, saylovda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o'tish imkoniyatini yaratish, muddatidan oldin sayyor ovoz berish amaliyotini joriy etish va boshqa amaliy chora-tadbirlar bo‘yicha TIV va respublikaning xorijdagi muassasalarining faoliyatiga alohida e‘tibor qaratib o‘tilgan.