Holat joriy yil 14-iyul kuni Kattaqoʻrgʻon tumani “Balandravot” MFYga qarashli Tuynak qishlogʻida sodir boʻlgan.

Ayni damda Rossiya Federatsiyasida boʻlgan turmush oʻrtogʻi bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli 1996-yilda tugʻilgan Z.Sh. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olib turmush oʻrtogʻiga yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda Hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramogʻiga berilgan.

Holat mutasaddilar nazoratiga olingan, deya xabar beradi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati rahbari J.Sagdullayev