Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sogʻliqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, oʻzganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi boʻlishi taqiqlangan.
Shuningdek, Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.