Kompaniyaning ikkinchi chorak bo'yicha chorshanba kuni chop etilgan korporativ hisobotlaridan ko'rinib turibdiki, 30 iyun kuni yakunlangan uch oylik muddat oxirida bu ko'rsatkich 2020 yil ikkinchi choragiga nisbatan 7 foizga oshdi.
Bundan tashqari, 2021 yil iyun oyida 1,91 milliard kishi kuniga kamida bir marta Facebookdan foydalangan. Ushbu ko'rsatkich 2020 yil ikkinchi choragiga nisbatan 7 foizga o'sdi.
Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, dunyoda taxminan 3,51 milliard kishi har oy kamida bir marta ijtimoiy tarmoqlarning biridan foydalanadi. Ushbu ro'yxatga Facebookdan tashqari Instagram ijtimoiy tarmog'i, shuningdek, messenger va WhatsApp tezkor xabar almashish dasturlari kiradi.
Mazkur tarmoqlarga kuniga bir marta kiradiganlar soni iyun oyida 2,76 milliarddan oshgan. Facebookning joriy yil ikkinchi choragidagi daromadi 29,08 milliard dollar, sof foyda esa 10,39 milliard dollar, 2020 yilning ikkinchi choragida daromad taxminan 18,69 milliard dollar, foyda esa 5,18 milliard dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o'tamiz, Facebookga 2004 yil 4 fevralda Mark Tsukerberg va uning uchta hamkasbi Garvard universitetida o'qiyotgan paytida asos solgan.