Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari munosib kutib olindi

    Ijtimoiy hayot 25 Fevral 2023 1429

    Turkiyada 18 kunlik muvaffaqiyatli qidiruv-qutqaruv ishlaridan soʻng Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining otryadi oʻz vataniga qaytdi.

    Xabaringiz bor, 6-fevral kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy viloyatlarida dahshatli zilzila sabab oʻn minglab insonlar halok boʻldi.

    Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻiga koʻra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi tabiiy ofat oʻchogʻi, yaʼni Hatay viloyatiga joʻnatildi.

    Otryadimiz ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan koʻproq davom etdi va shu vaqt ichida yigitlar vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqdilar.

    Bugun bizning qahramonlarimiz uyga qaytishdi. Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, Favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.