“Faxriy donori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish huquqi berilyapti

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda deputatlar tomonidan Oʻzbekistonda donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.

    Qonun loyihasi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga ular uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish, shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yoʻnalishi va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqini berish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yoʻllanmalarni navbatsiz olish huquqi berilyapti.

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi donorlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.