Vatan himoyachilari kuni hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan Buvayda tuman hokimligi, Mudofaa bo'limi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo'linmasi xodimlari, nuroniylar ona yurtimizga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan faxriy harbiylar, baynalminalchi jangchilar, harbiy xizmat chog'ida vafot etgan askarlar xonadonida bo'lishib, ulardan ko'ngil so'rashdi, bayram sovg'alari topshirishdi.
— Inson qadri ulug' bo'lgan yurtda yashayapmiz, — deydi nafaqadagi harbiy serjant Zoirjon G'ofurov. — Yurt tinchligi yo'lida xizmat qilganimdan faxrlanaman. Bayram munosabati tuman faollarining xonadonimizga qilgan tashriflaridan juda mamnun bo'ldim. Bunday xayrli tadbirlar kishiga ko'tarinkilik bag'ishlaydi.