Faxriylar hamisha e'zozda

    Oʻtganlar xotirlandi, ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar qilindi.

    Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 33-yil toʻldi. Oʻtgan yillar davomida barcha Prezidentlik hamda deputatlik saylovlarida faol qatnashib kelayotgan, siyosiy maydonda oʻz soʻzi va oʻrniga ega boʻlgan partiyaning tugʻilish tarixiga nazar tashlasak.

    1991-yil 14-sentyabrda faollar guruhi oʻtish davrida manzilli ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamlari va guruhlari manfaatlarini ifoda etuvchi va ilgari suruvchi partiyani tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Oʻrganishlar va izlanish uzoqqa choʻzilmadi. 1991-yil 1-noyabrga kelib Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining I Taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi.

    Ushbu tarixiy voqelikka ham 33-yil boʻldi. Bu vaqt oraligʻida partiyaning faoliyati va tarkibida koʻplab oʻzgarishlar, yangilanishlar kuzatildi. Yillar davomida partiya gʻoyalarini oʻz qarashlari, maqsadi bilgan koʻplab fidoyilar uning safida ishladi, mehnat qildi.

    Xalq demokratik partiyasi bayrami munosabati bilan faxriylarni, partiyaga xizmati singgan fidoyilarni yoʻqlab borish esa yaxshi anʼanaga aylangan. Bu yil ham Markaziy Kengash xodimlari ularning holidan xabar oldi.

    Xususan, Faxriylar kengashi aʼzolari Sobir Qurbonov, Nosir Toirov, Dilorom Aliyeva, Galina Nikolayeva hamda Boʻritosh Shodiyevaning xonadonida boʻlib, ular bilan samimiy suhbatlar oʻtkazildi. Oʻtganlar xotirlandi, ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar qilindi.