“Roʻzibonu” fermer xoʻjaligi bu borada amaliy yordam koʻrsatdi. Mahalla hududida homiylik asosida 4 xonali zamonaviy bino qurib berdi. Umumiy qiymati 300 mln. soʻm boʻlgan maskanda ishchi-xizmatchilar uchun zarur boʻlgan qulay shart-sharoitlar yaratildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi yangi bino uchun zamonaviy mebellar toʻplamlari yetkazib berdi.
— Shu kunga qadar 78 ta mahalla fuqarolar yigʻini yangidan qurilib ishga tushirildi, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov. — Shuningdek, 224 tasida joriy taʼmirlash, 35 tasida kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, ishchi-xizmatchilar uchun kerakli boʻlgan qulay shart-sharoitlar yaratildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida foydalanishga topshirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Mahalla” hayriya jamoat fondi 314 mln. soʻmlik mebel jihozlari bilan bilan taʼminladi. Bundan tashqari, zamonaviy sharoitga ega boʻlgan yana 3 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga umumiy qiymati 50,3 mln. soʻm boʻlgan 3 tadan kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi. Fond koʻmagi bilan 289 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarini kommunal toʻlovlaridan 215,2 mln. soʻm boʻlgan qarzdorligi qoplab berildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi aholini ijtimoiy va manzilli qoʻllab-quvvatlash ishlariga bosh boʻlmoqda. Shu kunga qadar 268 nafardan ortiq fuqarolarga manzilli yordam koʻrsatildi.
— Oiladagi toʻrt nafar farzandning toʻngʻichiman, — deydi Fargʻona shahar “Ibrat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Nodirbek Xolmatov. — Onam nogiron, dadam ishsiz. Topganimiz roʻzgʻordan ortmaydi. Uy-joyimizni taʼmirlashda amaliy yordam berishlarini soʻrab “Mahalla” xayriya jamoat fondiga murojaat qildik. Murojaatimiz besamar ketmadi. Qurilish uchun zarur boʻlgan zamonaviy eshik, rom va boshqa qurilish ashyolarini olishda koʻmak koʻrsatishdi. Qishli-qirovli kunlar arafasida bizga koʻrsatilgan amaliy yordamdan minnatdormiz.
Rasuljon KAMOLOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri