Fermer xo'jaligi ish yurituvchisi imtiyozli kredit mablag'ini o'zlashtirgan

    Aslida, mablag' 5 nafar fuqaroga chorva mollarini yetkazib berish uchun ajratilgan edi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G'ozg'on shahar bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazildi.

    Unda “U.T.” fermer xo'jaligi sobiq ish yurituvchisi A.J. 5 nafar fuqaro nomiga ajratilgan 156 mln so'm imtiyozli kredit evaziga ularga chorva mollari yetkazib berilganligi to'g'risida soxta hisobotlar tuzib, kredit mablag'ini o'zlashtirganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.