Navoiy shahrida “Mumtoz she’riyat” xalqaro festivali hamda uning doirasida turli tadbir va loyihalar davom etmoqda.
Ushbu nufuzli festivalning ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan shaharda o‘tayotgani alohida ramziy ma’noga ega. Qadim tarixga ega bo‘lgan O‘zbekiston zaminida Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon kabi shaharlar azaldan adabiyot, san’at maskani bo‘lib kelgan. Ko‘pmillatli Navoiy shahri ham ana shu shaharlar qatorida el-yurtimizning faxri bo‘lib, aziz mehmonlarga quchoq ochib turibdi.
Bugun erta tongdan festival ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.