Javohir Sindarov ushbu nufuzli turnirda 10 ochko jamgʻarib, tarixiy natija qayd etdi va Oʻzbekiston sharafini yana bir bor yuksaklarga koʻtardi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, rasmiylar, sportchining yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tantanali marosim davomida Davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan Javohir Sindarovni “Mehnat shuhrati ” ordeni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Prezident farmoni oʻqib eshittirildi. Shundan soʻng, chempion Javohir Sindarovni ijodkorlar va uning yaqinlari qutlashdi.
Yurtimizda shaxmat sportiga boʻlgan yuksak eʼtibor, davlat rahbarining tizimli qoʻllab-quvvatlashi va yosh isteʼdodlarni ragʻbatlantirish siyosati natijasida bugun xalqaro maydonda yirik gʻalabalar qoʻlga kiritilmoqda.
Endilikda u jahon toji uchun amaldagi jahon chempioniga qarshi bahs olib boradi.