Tasvirning markazida 26 raqamining ko'p rangli takrorlanishidan iborat naqsh fonida joylashgan Jahon kubogi o'rin olgan bo'lib, musobaqa o'tkaziladigan yilga ishora qiladi. Tez orada musobaqa o'tkaziladigan AQSH, Kanada va Meksikadagi 16 ta shaharning har birining timsollari ham taqdim etiladi.
Mart oyida Afrikadagi Kongressda FIFA 2026-yilgi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqladi. Unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Ular har biri to'rtta jamoadan iborat 12 ta guruhga bo'linadi. 1/16 final bosqichiga har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa va uchinchi o'rinni egallagan sakkizta eng yaxshi jamoa yo'l oladi. Jamoalar jami 104 ta o'yin o'tkazishadi. Jahon chempionati finali 2026-yilning 19- iyulida bo'lib o'tadi.
Argentina jahon chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi. 2022-yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatining hal qiluvchi bahsida argentinaliklar Fransiya terma jamoasini mag'lub etgandi. Argentinalik futbol yulduzi Lionel` Messi chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.