FIFA unga aʼzo davlatlarga moliyaviy koʻmak beradi

    Xalqaro Futbol federatsiyasi koronavirus pandemiyasi sabab kelib chiqqan inqirozdan chiqib ketishlari uchun ayrim davlatlar uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturini tasdiqladi.

    Endilikda FIFAga aʼzo 221 davlat assotsiatsiyasining har biri 1,5 mln AQSH dollaridan pul mablagʻi oladi. Mazkur mablagʻning bir millioni oʻyin va ommaviy tadbirlarni qayta yoʻlga qoʻyishga sarflansa, qolgan 500 ming AQSH dollari ayollar futbolini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi. Har bir milliy assotsiatsiya 5 mln AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit olishi ham mumkin.

    Moliyaviy koʻmak uch bosqichda amalga oshiriladi. Ushbu pul mablagʻi keyingi yilning yanvar oyida tarqatilishi kutilmoqda.

    Berilgan yordamning toʻgʻri va maqsadli yoʻnaltirilishi FIFA tomonidan shaxsan nazoratga olinishi maʼlum qilindi.