Unga koʻra, Rossiya terma jamoasi hamda mamlakat hududiga kiruvchi barcha klublar xalqaro turnirlardan chiqarib yuborildi. Rossiya terma jamoasi Qatar-2022 oʻtish oʻyinlarida ishtirok etmaydigan boʻldi.
Bayonotda maʼlum qilinishicha, tashkilot “Gazprom” bilan shartnomani ham bekor qilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Gazprom” yaqindagina UYEFA bilan shartnomani 2024-yilga qadar uzaytirib, yiliga 40 million yevro toʻlashi borasida shartnoma imzolangandi.