Filippinda aviahalokat oqibatida to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi

    Filippin janubida Beech King Air 350 xususiy samolyotining qulab tushishi oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi. Bu haqda Filippin axborot agentligi deb xabar berdi.

    Unga ko'ra, aviahalokat 14:30 da aholi gavjum hududlardan uzoqda sodir bo'lgan. Voqea joyiga birinchi bo'lib yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi yetib kelgan, ular halok bo'lganlarning jasadlarini samolyot vayronalari ostidan olib chiqishgan.

    Filippin aviatsiya ma'muriyati voqea yuzasidan tekshiruv boshladi, deb xabar beradi tass.ru.