Slovakiyada faoliyat koʻrsatadigan “Comenius Analytica” tahlil markazining bosh direktori va mazkur nashrning bosh muharriri Vlado Bachishin qalamiga mansub ushbu maqolada mamlakatimizga Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berish boshlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan marosim tafsilotlari qalamga olingan.
Muallif mazkur tadbirda uch mamlakat - Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston yetakchilari ishtirok etganini oʻquvchilarning eʼtiboriga havola qilgan.
U Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan gaz yetkazib berish yoʻlagi ishga tushirilishi bilan Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻistonning energetika sohasidagi oʻzaro hamkorligi sifat jihatidan rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarilayotgani haqidagi fikrlarini keltiradi.
"Oʻzbekiston bu sohada uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyordir", deb yozadi muallif.
“Finansovaya gazeta” onlayn nashri 2011-yildan buyon faoliyat koʻrsatadi. Nashr nafaqat Slovakiya, balki dunyodagi boshqa mamlakatlari iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy va biznes hayotini keng yoritishga ixtisoslashgan. Nashrning kundalik oʻquvchilari soni 30 mingdan ziyodni tashkil qiladi.