Marosim bugun Prezidentning Xelsinkidagi Myantyuniyemi qarorgohida boʻlib oʻtdi.

Prezident hukumat isteʼfosini qabul qildi. Marin hukumati parlament partiyalari yangi hukumatni shakllantirmaguncha vaqtinchalik faoliyat yuritib turadi.

Sanna Marin hukumati isteʼfosi 2-aprel kuni oʻtkazilgan parlament saylovlarida uning boshchiligidagi Sotsial-demokratik partiyaning uchinchi oʻrinni egallagani bilan bogʻliq, deb xabar beradi korrespondent.net.