Finlyandiya rasman NATOga a'zo bo'lish marosimi alyans veb-saytida translyatsiya qilindi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto Shimoliy Atlantika shartnomasiga qo'shilish to'g'risidagi hujjatni topshirdi, bu esa jarayonning yakunlanganini anglatadi.
Yangi a'zolarning qo'shilishi uchun hujjatlar AQSHda saqlanadi. 1949-yil 4-aprelda Vashingtonda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolangan. Finlyandiya aynan shu sanada NATOga qo'shildi.
Finlyandiya o'tgan yili may oyida Ukrainadagi voqealar fonida NATOga a'zo bo'lishga qaror qilgan. Dastlab, uning arizasi alyansning 30 ta davlatidan 28 tasi tomonidan ma'qullangan – Budapesht va Anqaradan tashqari. Vengriya mamlakatning ittifoqqa a'zoligini mart oyi oxirida, Turkiya esa aprel oyi boshida ratifikatsiya qilgan, deb xabar beradi ria.ru.