Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mutaxassislarning oʻzaro tashriflari, oʻqituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish orqali taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va farmatsevtika sanoati sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.