Tadbirlarda Finlyandiya rasmiy idoralari vakillari, ushbu davlatda faoliyatini yuritayotgan xorijiy davlatlar madaniy markazlari rahbarlari va vatandoshlar qatnashdi.
Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi elchisi (qarorgohi Xelsinki shahrida) Ilkka Ryaysyanen ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik barcha yoʻnalishlarda, shu jumladan, madaniyat sohasida jadal rivojlanayotganini aytib oʻtdi.
“Bu kabi madaniy tadbirlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga va hamkorlik kun tartibini yanada boyitishga xizmat qiladi”, —dedi diplomat.
Mamlakatimizdan tashrif buyurgan “Xalqlar doʻstligi” ansambli tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.