Nashrda ta'lim va ilmiy-amaliy muassasalari doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilarining ilmiy izlanishlari natijalariga doir maqolalar, tibbiyot sohasining turli yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan olimlarning mintaqa va jahondagi dolzarb muammolarning izchil tadqiqotlariga bag'ishlangan ilmiy materiallari muntazam berib boriladi.

“Medicine and innovations” jurnalining asosiy maqsadi davlat ta'lim standartiga muvofiq zamonaviy dasturlar asosida o'qitishning sifatini ta'minlash, ilmiy pedagog kadrlar va ta'lim oluvchilarning ilmiy ijodiy faoliyati, ilmiy tadqiqotlari yordamida fan-texnika texnologiyalarini rivojlantirish, tibbiyot va ta'lim jarayoni orqali mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyotiga hissa qo'shadigan mavzulardagi materiallarni yoritishga yo'naltirilgan.

Jurnal tahrir hay'ati a'zolari Finlyandiya, Angliya, Italiya, CHili, Rossiya va Kozog'istonning etakchi odiy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarining professorlaridan iborat.

Nashr xalqaro bazalar, xususan, Scopus, Web of science, RINTS va boshqalarga a'zo qilinmoqda. SHuningdek, xorijlik hamkasblar bilan tibbiyotning turli yo'nalishlarida yaratilayotgan innovatsiyalar bo'yicha bilim va tajribalar almashiladi.